Описание
"Shvetsiyaning 2024/2025-yillarda IOMning Shvetsiya va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun hissasi" loyihasi umumiy maqsad - Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirishga qaratilgan. Loyiha noqonuniy migratsiya darajasi yuqori bo‘lgan mahallarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda noqonuniy migratsiya (birinchi yoki takroriy) imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan shaxslar, shuningdek, Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy ko‘chish jarayonida bo‘lgan, ammo o‘z vataniga xavfsiz qaytishni xohlovchi muhojirlar ham qamrab olingan.
Требования
y muhojirlar sonini quyidagilar orqali kamaytirish:
- Shvetsiya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga noqonuniy migratsiya xavfi yuqori bo‘lgan jamoalarni aniqlash,
- SBCC kampaniyalarini o‘tkazish orqali jamiyat darajasida noqonuniy migratsiyaga sabab bo‘layotgan salbiy qarashlar, qadriyatlar, munosabatlar, xulq-atvor, me’yorlar va amaliyotlarni o‘zgartirish,
- qaytib kelgan muhojirlarni jalb etgan holda noqonuniy migratsiyaning xavf-xatarlari va oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish,
- Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy migratsiya yo‘llaridan foydalanish bo‘yicha asossiz umidlarni bartaraf etish,
- O‘zbekistonda mahalliy darajada noqonuniy migratsiyaga muqobil yo‘llarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, bunda mahallalar uchun harakat rejalarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashish orqali amalga oshiriladi.